Tramp Sietlni ichki terrorchilar egallab olganligini aytdi

Tramp Sietlni ichki terrorchilar egallab olganligini aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp irqchilikka qarshi namoyishlar davom etayotgan Sietl shahrini ichki terrorchilar egallab olganligini bildirdi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida yozdi.

"Radikal so‘l demokratlar boshqarayotgan Sietlni ichki terrorchilar egallab oldi", - deb yozdi Tramp va barchani qonunga rioya qilishga chaqirdi.

Oq uy rahbari shuningdek, mahalliy hokimiyatning tartibsizliklarga qarshi harakatini tanqid qildi. U namoyishlar qatnashchilari Vashington shtati gubernatori Jey Insli va Sietl meri Jenni Derkan ustidan "kulishayotganini" ta’kidladi.

"O‘z shahringizni hoziroq qaytarib oling. Bu dahshatli anarxiyachilarni zudlik bilan to‘xtatish kerak ", - deya chaqiriq bilan chiqdi Tramp mahalliy hokimiyatga.

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Minneapolis shahrida afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan hibsga olish chog‘ida halok bo‘lganidan so‘ng AQSHda tartibsizliklar boshlanib ketdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar