Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropani AQSH yetakchik qilmaydigan dunyoga tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda u The Guardian nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Biz AQSH jahonda hukumron davlat bo‘lishga intilishini ulg‘aydik. Agar AQSH endi bu rolni o‘z xohish-irodasi bilan o‘ynashni to‘xtatmoqchi bo‘lsa, biz bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz kerak», — degan u.
AQSH prezidenti Donald Trampning Germaniyadagi Amerika kontingentini qisqartirish to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirar ekan, Merkel, ular nafaqat Germaniya va NATOning Yevropa qismini, balki Amerika manfaatlarini himoya qilishga yordam berishini qayd etdi.
Merkel Berlin bundan buyon o‘z harbiy salohiyatini oshirishda davom etishini ta’kidladi.
Germaniya kansleri avval ham AQSHga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Xususan, sentabr oyida u Yevropa xavfsizlik borasi o‘zi o‘ylashi kerekligini, chunki endi AQSH sovuq urush davridagidek ularni avtomatik ravishda himoya qilmasligini aytgan edi.
Ta’kidlash joizki, Oq uyga Tramp kelganidan buyon AQSH jahon jandarmi rolidan voz kechishni boshladi. Yangi rahbar turli davlatlardagi Amerika kontingentini sekin-asta chiqarib olishni boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi