12:05 / 06.07.2020
2 148

Kane Uest AQSH prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi

Kane Uest AQSH prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi
Foto: Telegraph
Reper Kane Uest Twitter’da AQSH prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanligini ma’lum qildi.
«Biz Tangriga ishonib, Amerika va’dalarini amalga oshirishimiz, umumiy dunyoqarashlarni birlashtirib o‘z kelajagimizni qurishimiz lozim. Men Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentligiga o‘z nomzodimni qo‘ymoqchiman!».

Uest aynan qachon prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanligiga aniqlik kiritmagan, biroq o‘z tvitini #2020VISION xeshtegi bilan tugatib, 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarga shama qilgan.

Reperning tvitiga Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Kane Uestning ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Kane Uest 2015 yilda ham prezidentlikka nomzodini qo‘yishini e’lon qilgan, ammo saylov kampaniyasida ishtirok etmagan.

2018 yilda reper AQSHning hozirgi prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashgan. U bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan Larri Guverni afv etishni so‘rab davlat rahbariga murojaat qilgan. Tramp Uestning rafiqasi mashhur realiti shou yulduzi Kim Kardashyan bilan ham uchrashgan. Ayol ham prezidentdan giyohvand moddalar saqlash va iste’mol qilishda ayblangan Elis Jonsonni ozod qilishni so‘ragan. Jonson afv etilgan, Guver hali ham qamoqda qolmoqda.

2020 yil aprel oyida reper Kane Uest moliyaviy hisobotlarini e’lon qilgandan so‘ng milliarderga aylangandi. Iyun oyida Forbes eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlar reytingini e’lon qilgan, unda Uest Kayli Jennerdan keyin 170 million dollar bilan 2-o‘rinni egallagandi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kane Uest AQSH prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi