Foto: AP
Amerikalik rep qo‘shiqchisi Kane Uest AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu boradagi maxsus Forma №1 guvohnomasi federal saylov komissiyasi rasmiy saytida paydo bo‘ldi.
Taniqli model Kim Kardashianning eri Kane Uest saylov kampaniyasi uchun «Kane 2020» degan nom tanlagan. Uning partiyasi esa noodatiy va ta’bir joiz bo‘lsa, jiddiy bo‘lmagan ko‘rinishda: BDY Party. Ya’ni, Birthday Party (tug‘ilgan kun bazmi). Reperning nomzodi 15 iyul kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Uest hali Forma №2 deb nomlanadigan asosiy hujjatni topshirmagan. Bu hujjat saylov kampaniyasi uchun kamida 5 ming dollar miqdorida pul to‘plangani yoki xarajat qilinganidan guvohlik berishi kerak. Bu hujjatsiz nomzod saylovga qo‘yilmaydi.
AQSHdagi mashhur konsalting kompaniyasi Redfield & Wilton 15 iyul kuni 2 foiz amerikaliklar saylovda Kane Uest nomzodiga ovoz berishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Ijtimoiy so‘rovlar natijasi hozircha Jo Baydenga ustunlik bermoqda. Uning nomzodini qo‘llab 48 foiz amerikaliklar ovoz berishga tayyor.
AQSHda reper Kane Uestning nomzodini jiddiy qabul qilishmayapti. Ma’lum bo‘lishicha, uning ruhiy holatidagi salbiy o‘zgarishlar prezidentlik kampaniyasi boshlashiga sabab bo‘lgan. Uest o‘z nomzodini ilgari surmoqchi ekanini aytganida, amaldagi prezident Donald Tramp uni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi