18:23 / 17.07.2020
2 475

Peterburgda o‘zbekistonlik quruvchilar maosh talab qilib namoyishga chiqdi (video)

Peterburgda o‘zbekistonlik quruvchilar maosh talab qilib namoyishga chiqdi (video)
Sankt-Peterburgdagi «Laxta sentr» quruvchilari maoshlarini so‘rab norozilik namoyishi o‘tkazdi, deb yozadi 47News. Ma’lumotlarga ko‘ra, mitingda 500 ga yaqin ishchi ishtirok etgan.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, norozilik namoyishi ishtirokchilarining aksariyati xorijlik ishchilar bo‘lib, rahbariyatdan o‘zlarining tilida bir qator narsalarni talab qilgan. Jurnalistlarning savollariga esa «maosh», «aprel», «may» degan so‘zlar bilan javob qaytarishgan. Mitingga politsiyachilar ham yetib kelgan, biroq ular hech kimni qo‘lga olmagan.

Qurilish bosh pudratchisining ma’lum qilishicha, namoyishga yig‘ilgan ishchilar qo‘shimcha ish haqi va 13-oylikni talab qilgan. Quruvchilar bilan muzokara o‘tkazish uchun maydonchaga O‘zbekistonning Peterburgdagi konsuli yetib kelgan.

«Barcha ishchilar mehnat qonunchiligiga muvofiq maosh olmoqda. Ishchilarning talablari muhokama qilinyapti, xususan, O‘zbekiston konsuli bilan birgalikda», — deb xabar beradi «Laxta sentr» bosh pudratchisi hisoblanuvchi «Renessans Konstrakshn» kompaniyasi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburgda o‘zbekistonlik quruvchilar maosh talab qilib namoyishga chiqdi (video)