Sankt-Peterburgdagi «Laxta sentr» quruvchilari maoshlarini so‘rab norozilik namoyishi o‘tkazdi, deb yozadi 47News. Ma’lumotlarga ko‘ra, mitingda 500 ga yaqin ishchi ishtirok etgan.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, norozilik namoyishi ishtirokchilarining aksariyati xorijlik ishchilar bo‘lib, rahbariyatdan o‘zlarining tilida bir qator narsalarni talab qilgan. Jurnalistlarning savollariga esa «maosh», «aprel», «may» degan so‘zlar bilan javob qaytarishgan. Mitingga politsiyachilar ham yetib kelgan, biroq ular hech kimni qo‘lga olmagan.
Qurilish bosh pudratchisining ma’lum qilishicha, namoyishga yig‘ilgan ishchilar qo‘shimcha ish haqi va 13-oylikni talab qilgan. Quruvchilar bilan muzokara o‘tkazish uchun maydonchaga O‘zbekistonning Peterburgdagi konsuli yetib kelgan.
«Barcha ishchilar mehnat qonunchiligiga muvofiq maosh olmoqda. Ishchilarning talablari muhokama qilinyapti, xususan, O‘zbekiston konsuli bilan birgalikda», — deb xabar beradi «Laxta sentr» bosh pudratchisi hisoblanuvchi «Renessans Konstrakshn» kompaniyasi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"