08:18 / 21.07.2020
1 554

Koronavirus: Kipr Yevropa Ittifoqiga noqonuniy yo’l bilan kirib kelayotgan muhojirlarga qarshi ekanligini ogohlantirmoqda

Koronavirus: Kipr Yevropa Ittifoqiga noqonuniy yo’l bilan kirib kelayotgan muhojirlarga qarshi ekanligini ogohlantirmoqda
Vazir bo‘lmish Konstantinos Iannou yaqin kunlarda shimoldan janubga boshpana so‘rab kelgan muhojirlar “COVID-19” dan ijobiy natija bilan o‘tgandan so‘ng “muammo”ga ishora bo‘layotganini ta’kidladi.

Iannouning so‘zlariga ko‘ra, Kipr hukumati 2 oy avval barcha muhojirlarni markazga kirishdan oldin COVID-19 sinovlaridan o‘tishni buyurgan edi. So‘nggi bir hafta ichida kamida 8 suriyalik muhojir janub tomonga o‘tganligi xabar qilindi.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, koronavirus tekshiruvi BMT tomonidan amalga oshirilayotgan 180 kilometrlik buffer zonasida o‘tkazilayotgan ekan.

Ammo hali hanuz Kipr hukumati shimolda infeksiya darajasi bo‘yicha aniq ma’lumotga ega bo‘lmaganligi sababli, chet elliklarning o‘tish joylarini ta’qiqlab qo‘yishdi.

Kiprning janubida 1000 dan ortiq yuqumli kasalliklar va 19 ta o‘lim holatlari kuzatilgan. “Virus hali hanuz shu yerda, biz undan to‘laqonli qutulganimizcha yo‘q. Agar himoya choralarini ko‘rmasak, kelajakda bir qancha muammolarga yuz tutishimiz mumkin”, - deydi Iannou.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus: Kipr Yevropa Ittifoqiga noqonuniy yo’l bilan kirib kelayotgan muhojirlarga qarshi ekanligini ogohlantirmoqda