
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, asr so‘nggiga qadar qutb ayiqlari yo‘qolib ketishi mumkin. “Tabiat iqlimi o‘zgarishi” nashrining bayonot berishicha, dengiz muzlarining erishi sababli qutb ayiqlarining turar joyi yo‘q bo‘lib ketmoqda.
“Ayiqlar dengizning yana qayta muzlashigacha ocharchilik davrini boshidan o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi”, - deydi “Xalqaro Qutb ayiqlari” bosh ilmiy xodimi Stiven Amstrup.

Arktikada yashovchi yirtqich hayvonlar qishda harorat -40° C gacha tushib ketgan oylarda, ayniqsa har yili muz eriydigan oylarda ocharchilikda yurishadi.
Bugungi kunda global issiqlik hamda muz erish kabi hodisalar uzoq davom etib kelmoqda. Qanchalik qutb ayiqlari o‘z hududlaridan ovqat manbai topolmas ekanlar, shunchalik ular aholi yashaydigan joylarga yaqinlashib kelishmoqda. Bu esa o‘z navbatida aholiga xavf tug‘diradi.
Qutb AyiqlariIqlim O'zgarishiTabiat MuzlariArktika YirtqichlariGlobal IssiqlikOziq Ovqat Manbai O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar