17:03 / 21.07.2020
1 860

Ukrainada noma’lum shaxs ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni garovga oldi

Ukrainada noma’lum shaxs ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni garovga oldi
Foto: konkurent.ua
Ukrainaning Lutsk shahrida portlovchi modda va o‘qotar quroli bo‘lgan erkak ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni garovga oldi. Bu haqda Volin oblasti politsiyasi xabar berdi.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, avtobusda 20ga yaqin yo‘lovchi bor.
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida shahar markazi o‘rab olingan.

Volin oblasti politsiyasi rahbari Yuriy Kroshkoning ma’lum qilishicha, hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Xabar qilinishicha, yo‘lovchilarni garovga olgan shaxs ijtimoiy tarmoqda o‘z talablarini e’lon qilgan.

U Ukrainaning birinchi shaxslari kamera oldida o‘zlarining «qonundagi terrorchi» ekanliklarini aytishlarini talab qilgan. Bu yerda gap xususan, ichki ishlar vaziri Arsen Avakov va sobiq davlat rahbari Pyotr Poroshenko haqida bormoqda.

Prezident Zelenskiydan esa ijtimoiy tarmoqqa «2005 yilgi "Yerliklar" filmini hamma ko‘rsin» degan bayonotni joylashtirishni talab qilgan. Qayd etilishicha, ushbu hujjatli film jonivorlarning insonlar tomonidan ekspluatatsiya qilinishi to‘g‘risida.

Hozirda uning shaxsi aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada noma’lum shaxs ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni garovga oldi