2 926
AQSHda koronavirusga qarshi vaksinaning dunyodagi eng keng ko‘lamli klinik sinovlari boshlandi
Foto: AP Photo[sup][/sup]
AQSHda 27 iyuldan boshlab Moderna biotexnologiya kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi sinovining uchinchi — yakuniy bosqichi boshlandi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.
Klinik sinovlarda 30 ming kishi ishtirok etadi, u 1:1 nisbatda randomizatsiyalangan platsebo-boshqariluvchi tadqiqot usuli bo‘yicha amalga oshiriladi.
Associated Press agentligining yozishicha, bu ko‘lami jihatidan koronavirusga qarshi hozirga qadar o‘tkazilgan dunyodagi eng yirik klinik sinov hisoblanadi.
Moderna kompaniyasi vaksinani yaratish uchun AQSH Sog‘liqni saqlash vazirligidan 483 million dollar olgan. Shu bilan birga, klinik sinovlarning uchinchi fazasi u qadar ko‘p bo‘lmagan ko‘ngillilar orasida o‘tkazilishi taxmin qilingandi.
Biroq Food and Drug Administration bilan (Rospotrebnadzor muqobili) kelishilgan holda tomonlar uchinchi fazadagi sinovlar ko‘lamini kengaytirishga qaror qilgan. Buning uchun kompaniyaga qo‘shimga 472 million dollar ajratiladi.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari yakuniga yetganini e’lon qilgandi. Shuningdek, u yaqin haftalarda yana to‘rtta vaksinaning sinovi yakunlanishini bildirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ham koronavirusga qarshi vaksina yaratilganini xabar qilgan. Uni ishlab chiqarish avgust oyida boshlanishi mumkin. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning 90 million dozalik COVID-19 vaksinasiga buyurtma bergani haqida ham xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin