date
views 2 763

Rossiyada laym ta’miga ega oq tarvuz yetishtirildi

Rossiyada laym ta’miga ega oq tarvuz yetishtirildi
Foto: Master semya
Rossiyaning Astraxan viloyati seleksionerlari oq etli va laym ta’miga ega tarvuz navini yetishtirdilar.
«Master semya» seleksiya-urug‘chilik korxonasi rahbari Artyom Sokolov so‘zlariga ko‘ra, yangi nav ustidagi ishlar 15 yildan beri davom etayotgan edi. «15 yillik mehnatimiz murakkab bo‘ldi. Qo‘lda ko‘plab navlarni chatishtirdik, changlantirdik. Natijada juda shirin tarvuz navini yetishtirdik», - dedi u.

Tarvuzning yangi navi og‘irligi o‘rtacha 3 kg, dumaloq va silliq shaklga, sarg‘ish po‘choqqa, oq etga va mayda qora urug‘larga ega.
«Ta’mi suvli, laymni eslatuvchi nordon, ammo shirin. Unda qand moddasining miqdori yuqori», - deb ta’kidladi seleksioner.

Hozirgi vaqtda yangi nav davlat sinovidan o‘tkazilmoqda. Qishda uning davlat reyestriga kiritilishi kutilmoqda. Shundan so‘ng, korxonada yangi nav urug‘ining birinchi partiyasi yetishtiriladi. Oq tarvuzlar savdoga kelasi yil yozida chiqariladi.

«Urug‘ yetishtirish imkoniyatlarimiz deyarli cheksiz. Talab to‘g‘risida bir narsa deyish qiyin, ammo sariq va jigarrang tarvuzlarga bo‘lgan talab so‘nggi 2-3 yil ichida 10 barobar oshdi», - dedi Sokolov.

Endi seleksioner yashil etli tarvuzni yetishtirishni rejalashtirmoqda. Bu esa «tarvuz kamalagi» ranglarining to‘liq bo‘lishini ta’minlaydi. Ammo bunga yana bir necha yillar talab qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada laym ta’miga ega oq tarvuz yetishtirildi