
Foto: belta.by
Belarusda rossiyalik yollanma askarlar qo‘lga olingani xabar qilindi. BЕLTA agentligi voqea tafsilotlarini keltirmoqda.
Xabar qilinishicha, 32 kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ularning barchasi Vagner xususiy harbiy kompaniyasi jangchilaridir.
Agentlikning o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, saylovoldi kampaniyasi davrida mamlakatdagi barqarorlikni izdan chiqarish uchun Belarusga 200dan ortiq yollanma askar tashlangan.
Ochiq manbalarda qayd etilishicha, Vagner kompaniyasi jangchilari Ukraina, Suriya hududidagi janglarda ishtirok etgan, ayni paytda Liviyadagi to‘qnashuvlarda ham qatnashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar