12:13 / 31.07.2020
2 707

Dunyodagi eng baland bo‘yli jirafa aniqlandi

Dunyodagi eng baland bo‘yli jirafa aniqlandi
Foto: «Upi»
Avstraliya hayvonot bog‘ida dunyodagi eng balandli bo‘yli jirafa sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan jonivor yashaydi. Uning bo‘yi besh yarim metrdan iborat, deya xabar berdi «Upi».

Irvin Bindining oilasi Kvinslend shtat Birva shahridagi hayvonot bog‘iga egalik qiladi. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali Forrest ismli jirafasi dunyodagi eng balandli bo‘yli jonivor deb tan olinganini e’lon qilishdi.

«Bizning qadrdon Forrestimiz dunyodagi eng baland bo‘yli jirafa sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi! Biz baland bo‘yli jonivorimizdan faxrlanamiz, uning katta va mehribon yuragi bor», — deb yozadi Irvin.

Forrest jirafalarni ko‘paytirish dasturida ishtirok etadi. Uning o‘n ikkita bolasi bor. Yaqinda yana bir jirafa bolasi dunyoga kelishini kutishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng baland bo‘yli jirafa aniqlandi