2 813
«Piramidalarni o‘zga sayyoraliklar qurgan» – Ilon Maskning tviti muhokamalarga sabab bo‘ldi
Space X asoschisi Ilon Mask Misrdagi piramidalarni o‘zga sayyoraliklar qurganini yozdi. Bunga javoban Misr tashqi aloqalar vaziri Maskni piramidalarni borib ko‘rishga taklif qildi.
«Piramidalarni o‘zga sayyoraliklar qurgan», deb yozdi dastlab Mask tvitterdagi sahifasida. U keyinchalik bu borada yana ikkita post qoldirdi. Avvaliga «Ramzes II yashab o‘tgan», deb yozdi. Keyinchalik yana ikkita tvit yozib, 3 800 yil avval qurilgan piramidalarni insoniyat tarixidagi eng uzoq vaqt davomida barpo etilgan inshoot deb atadi va VVS'da piramidalar qurilishi haqida e’lon qilingan maqolani ilova qildi.
Bunga javoban Misr tashqi munosabatlar vaziri Raniya al Mashat kashfiyotchini mamlakatga taklif qildi: «Janob Mask, men sizning ishlaringizni zavq bilan kuzataman. Siz va Space X jamoasini Misrga taklif qilaman. Piramidalar qanday qurilganini va ularni qurganlarning qabrini kelib ko‘ring. Biz sizni kutamiz, janob Mask», deb yozdi Misr tashqi munosabatlar vaziri tvitterdagi sahifasida.
Maskning tviti juda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilarning aksari piramidalarga oid qiziqarli ma’lumotlar va rasmlar bilan javob berishdi. Arxeologiya fanlari professori Sara Parchak Maskni kinoya bilan «misrshunos» deb atadi. U Space X asoschisiga piramidalar qurilgani haqidagi ma’lumotlar yozilgan papirus xuddi Maskning yangi tvitlari kabi saqlanayotganini, o‘zida mavjud ma’lumotlarni bo‘lishishdan mamnun ekanini yozdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan