12:47 / 04.08.2020
3 414

Tramp AQSH tarixidagi eng katta xatoni aytdi

Tramp AQSH tarixidagi eng katta xatoni aytdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp Axios portaliga bergan intervyuda Yaqin Sharqqa harbiylarning jo‘natilishi mamlakat tarixidagi eng katta xato bo‘lganini aytdi.

«Biz ISHIDni tugatdik... bu xalifalikka 100 foiz barham berdik... Biz Sulaymoniyni (eronlik general) va Al-Bag‘dodiyni (ISHID rahbarini) daf qildik. Men ko‘plab prezidentlar qilmagan ishlarni bajardim. Ular Yaqin Sharqqa umuman bormasligi lozim edi», - deb bayonot berdi Tramp.

«Yaqin Sharqqa harbiylarni yuborish haqidagi qaror va ularning ishiga aralashish mamlakatimiz tarixidagi yagona eng katta xato bo‘lib qoldi», - deb ta’kidladi amerikalik yetakchi.

Eurasia Daily xabariga ko‘ra, 2001-2018 yillar davomida xorijda o‘tkazilgan harbiy amaliyotlar natijasida 7 mingga yaqin amerikalik halok bo‘lgani, 52 mingdan ortig‘i jarohat olgan. Ulardan 60 foizidan ortig‘i Iroqdagi, 38 foizi Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp AQSH tarixidagi eng katta xatoni aytdi