09:42 / 07.08.2020
2 654

Besh kun ichida bir million kishi koronavirusni yuqtirib oldi

Besh kun ichida bir million kishi koronavirusni yuqtirib oldi
Dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 19 milliondan oshdi. Bu haqda «Worldometers» portali ma’lumotlari dalolat bermoqda.

7 avgust soat 9:00 holatiga ko‘ra, Yer yuzida 19 257 723 kishi yangi virusni yuqtirib olgan. Jami 717 687 kishi vafot etgan, 12,3 milliondan ortiq kishi tuzalgan.

Jons Xopkins universiteti loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra ham kasallikka chalinganlar soni 19 milliondan oshgan, faqat 19 025 580 kishini tashkil etmoqda. Birinchi o‘rinda AQSH (4 882 433), ikkinchi o‘rinni Braziliya (2 912 212) egallagan, uning ortidan Hindiston (1 964 536) bormoqda. Eng ko‘p koronavirusga chalinish bo‘yicha Rossiya (870 187) va JAR (538 184) ham beshtalikka kirgan.

Kasallikka chalinganlar soni bir hafta o‘tar-o‘tmas bir million kishiga ko‘paygan. 2 avgust kuni dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 18 milliondan oshgani aytilgandi.

8 iyun kuni JSST rahbari Tedros Adanom Gebreisus koronavirus bilan bog‘liq vaziyat global miqyosda yomonlashganini, Yevropada esa vaziyat yaxshilanganini tasdiqlagandi. 29 iyun kuni tashkilot dunyoda SARS-CoV-2 pandemiyasi tezlashganini ma’lum qilgandi.

Yangi tipdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi ilk bor 2019 yil dekabrda Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. 11 mart kuni JSST pandemiyani e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Besh kun ichida bir million kishi koronavirusni yuqtirib oldi