Foto: Envato
Agentlikning yozishicha eng katta bozorlardan biri hisoblanuvchi Istanbulda narxlar qimmatligiga qaramay «oltin vasvasasi» boshlangan.
«Menimcha, bu ayni paytdagi eng yaxshi investitsiya, shuning uchun ham o‘z dollarlarimni olib kelib, ular bilan quyma oltin xarid qildim, aslida bankdan liralarimni yechib olishim kerak, biroq koronavirus yuqish xavfi tufayli u yerga bora olmayapman[/i]», — deydi Istanbul shahrida yashovchi Hasan Ayxan.
O‘tgan haftada liraning dollarga nisbatan qiymati rekord darajadagi minimumga tushib ketgan. Turkiya milliy banki axborotiga ko‘ra, mamlakatda 1 AQSH dollari narxi 7,3 Turkiya lirasiga teng bo‘lib turibdi.
Istanbuldagi oltin sotuvchi do‘konlar assosiatsiyasi rahbarining o‘rinbosari turklarning azaldan boylikni ushlab turish uchun oltindan foydalanishini qayd etgan holda, aholidagi oltin miqdori, taxminan, 5 ming tonna bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Grand-bozordagi sotuvchilar hech kim tilla buyumlarni sotish uchun kelmayotgani, aksincha hamma oltin buyumlari yoki yombi xarid qilishga kelayotganini aytmoqda.
«[i]Men mashina yoki uyini sotib, oltinga investitsiya sarflash niyatida bo‘lga yuzlab odamlar bilan suhbatlashdim», — deydi ushbu bozordagi savdogarlardan biri Gyunay Gyunesh.
Avgust boshidan beri oltinning narxi tarixiy rekordlarni yangiladi. Keyinchalik dollarning qiymati mustahkamalana boshlagach, muvozanat tiklandi, biroq qimmatbaho metallning narxi hali ham yil boshidagidan 20 foizga qimmatroq. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?