10:55 / 17.08.2020
4 402

Rossiya koronavirusga qarshi vaksina bilan qachon ommaviy emlashni boshlashini ma’lum qildi​

Rossiya koronavirusga qarshi vaksina bilan qachon ommaviy emlashni boshlashini ma’lum qildi​
Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash taxminan bir oydan so‘ng, zarur miqdordagi vaksina ishlab chiqarilgandan keyin boshlanadi.
Bu haqda N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi​ rahbari Aleksandr Ginsburgga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Avvalroq, u koronavirusga qarshi vaksinani III sinov bosqichi 7-10 kun ichida boshlanishi mumkinligini aytdi.
"Ommaviy emlash biroz kechikish bilan amalga oshiriladi, chunki ishlab chiqarilgan vaksinaning asosiy qismi ro‘yxatdan o‘tishdan keyingi tadqiqotlarga yuboriladi. Shundan so‘ng, qolgan mahsulotlar muomalasiga kiritiladi”, deydi Gunsburg.

Bir kun oldin Rossiyada N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi​ tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi. "Sputnik V" deya nomlangan ushbu vaksina 11 avgust kuni ro‘yxatga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya koronavirusga qarshi vaksina bilan qachon ommaviy emlashni boshlashini ma’lum qildi​