Foto: JSST
JSST yana hammaga niqob kiyib yurishni maslahat berdi.
Tashkilotning bosh epidemiologi Marii Van Kerkxove COVID-19’ning ikkinchi va keyingi barcha to‘lqinlari paytida karantinga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) keng jamoatchilikni koronavirus pandemiyasi tufayli endi karantin joriy qilmaslikka chaqirdi. Biroq, tashkilot ilgari cheklov choralarini so‘zsiz bajarishni talab qilgandi.
Pandemiya boshlanishida JSST dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga koronavirus tarqalishini kamaytiruvchi qattiq karantin joriy etishni tavsiya qildi. Endi tashkilot bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxovening fikricha, COVID-19’ning ikkinchi va undan keyingi to‘lqinlarida karantinga yo‘l qo‘yish kerak emas.
Uning iqtisodiy oqibatlari tibbiy jihatdan kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy holatdan ancha yuqori turadi. Niqoblarni taqish va ijtimoiy masofani saqlash yetarli choralar bo‘ladi.
Mutaxassislar, shuningdek, karantin paytida maktablarning yopilishini «avlod halokati» deb hisoblaydi. Ular ushbu cheklovlar tufayli saraton, infarkt va insultga chalingan bemorlarning ahvoli keskin yomonlashganini ta’kidlashdi. Karantin yuzlab jiddiy kasalliklarni, depressiya, stress, ishsizlik va ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi