23:03 / 25.08.2020
2 275

JSST koronavirusni qayta yuqtirish haqidagi xabarni izohladi

JSST koronavirusni qayta yuqtirish haqidagi xabarni izohladi
Foto: «Yandex»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19ni qayta yuqtirishni istisno qilmaydi, lekin bu kamdan-kam uchraydigan holat, dedi JSST rasmiy vakili Margaret Xarris.

«Odamlarda test natijasi avval salbiy, keyin esa musbat chiqqanligi haqidagi xabarlar vaqti-vaqti bilan eshitib turibmiz. Chindan ham, qayta yuqtirishganmi yoki test o‘tkazishda muammo bo‘lganmi, degan masala hozirga qadar noma’lumligicha qolmoqda. Biroq shuni ta’kidlash muhimki, bunday vaziyatlar nihoyatda kam uchramoqda. Qariyb 23 milliontaga bitta-ikkita holat. Ehtimol, shunga o‘xshash holatlarni yana uchratarmiz, lekin ular muntazam bo‘lmaydi», — dedi u Gonkongdagi qayta yuqtirish holatini izohlar ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat immunitet qanday hosil bo‘lishi, qancha davom etishi, vaksina qanday ta’sir o‘tkazishini tushunish uchun nihoyatda muhim. Xarrisning ta’kidlashicha, JSST COVID-19ga qarshi vaksina tabiiy immunitetdan ko‘ra virusga nisbatan barqarorroq immunitet hosil qilishidan umid qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST koronavirusni qayta yuqtirish haqidagi xabarni izohladi