00:13 / 27.08.2020
2 520

AQSHda avtosalon va yuzlab mashinalar yoqib yuborildi (video)

AQSHda avtosalon va yuzlab mashinalar yoqib yuborildi (video)
Foto: M101 News
Viskonsinda mahalliy politsiyachilar Jeykob Bleyk ismli qora tanli erkakka qarata yetti marta o‘q uzganidan so‘ng norozilik namoyishlarining yangi to‘lqini boshlandi. May oyidagi namoyishlar kabi bu safar ham vandalizm hukm surmoqda — namoyish ishtirokchilari avtosalon binosini va avtoturargohdagi yuzlab mashinalarni yoqib yubordi, deb xabar beradi Motor.

Voqea joyidagi foto va videolardan yetkazilgan zarar ko‘lamini ko‘rish mumkin, biroq aynan qancha zarar yetkazilganini hali baholash kerak. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, miting ishtirokchilari avtoturargohdagi mashinalardan birining oynasini sindirib, salonga falshfeyer (pirotexnika vositasi) tashlab qochgan. Oqibatda yong‘in yuzaga kelgan, olov bir mashinadan ikkinchisiga o‘tib, avtosalon binosiga qadar yetib borgan.

Yong‘in oqibatida o‘nlab minilgan mashinalar yonib ketgan. Ular orasida arzon nusxadagi modellar kabi BMW 5-Series, Mercedes-Benz S-Class va Range Rover modellari ham bor.

Foto: M101 News
AQSHda irqchilik mavzusi may oyi oxirida afroamerikalik Jorj Floydni Minneapolisda politsiya xodimlari qo‘lga olib, ko‘chada bir nafar xodim tomonidan tizza bilan bo‘g‘ib qiynoqqa solingani, yakunda Floyd kasalxonada vafot etganidan so‘ng boshlandi. Uning o‘limi AQSH hamda Yevropada irqchilik va ijtimoiy tengsizlik muammolariga qarshi norozilik namoyishlarining boshlanishiga turtki bo‘ldi.

AQSHdagi Black Lives Matter («Qora tanlilarning hayoti muhim») harakati o‘z aksiyalari davomida qulchilik va rasizmga aloqadorligi taxmin qilingan tarixiy shaxslarning haykallarini buzib tashlash yoki qulatish harakatlarini amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)