Dunyodagi eng qimmat qo‘y sotildi — yarim million dollar...(video)

Dunyodagi eng qimmat qo‘y sotildi — yarim million dollar...(video)
Shotlandiyadagi kimoshdi savdosida zotdor qo‘y rekord darajada qimmat — salkam 500 ming dollar (!)ga sotildi.
Auksionda teksel zotli qo‘zi uchun o‘nlab fermerlar talashishdi. Qo‘yning laqabi ham narxidan qolishmaydi: «Qo‘shaloq brilliant». Kimoshdi g‘olibi qo‘yning egasiga naq 368 ming funt sterling sanab berdi.

Bu yakuniy baho jahon rekordini yangiladi: ilgarigisi ham Shotlandiya (Lanark)da qayd etilgan, 2009 yilda bitta qo‘y 231 ming funt ($306,7 ming)ga sotilgan.
Teksel nasldor qo‘ylari Niderlandiyada, shu nomli orolda birinchi bo‘lib yetishtirilgan. Sifatli go‘shti va juni uchun qadrlanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar