07:00 / 09.09.2020
2 467

Italiya qum o‘g‘irlagan sayyohlarni ayovsiz jazolayapti

Italiya qum o‘g‘irlagan sayyohlarni ayovsiz jazolayapti
Foto: «Pixabay/StephanieAlbert»
Qariyb ikki kilogramm mahalliy qumni olib Sardiniyadan uchib ketishga uringan fransiyalik sayyoh ming yevro jarimaga tortildi, deya xabar berdi CTV News.
Orolning o‘rmon qo‘riqchilari sayohatchidan bir shisha qumni musodara qilishgan. Bir yil ichida bunday o‘g‘irliklar juda ko‘p sodir etiladi.

2017 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Sardiniya plyajlaridan qum olib chiqib ketish noqonuniy hisoblanadi. Qumning qayerdan «o‘g‘irlangani» va miqdoriga qarab 500 dan 3000 yevrogacha jarima solinadi. Ayniqsa, rangli, pushti yoki oppoq qumli plyajlar alohida nazoratga olingan.

Hatto, o‘tgan yili qumni suvenir sifatida sotgan sayt ham fosh etildi. Ekspertlarning aniqlashicha, o‘tgan uch yil davomida nazorat o‘ta kuchaytirilgan. Plyajlarni politsiya nazorat qiladi. Sayyohlarning qum o‘g‘irlayotganini ko‘rgan oddiy fuqarolar ham hukumatga murojaat qilishyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya qum o‘g‘irlagan sayyohlarni ayovsiz jazolayapti