12:57 / 12.09.2020
4 816

Oltin konida 50 nafar ishchi halok bo‘ldi

Oltin konida 50 nafar ishchi halok bo‘ldi
KDRdagi sanoqsiz qo‘lbola oltin konlaridan biridagi odatiy ish jarayoni.
Foto: «Bigmir»

Kongo Demokratik Respublikasining sharqida joylashgan «Detroyt» oltin konida shaxtaning bosib qolishi oqibatida kamida 50 nafar ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Qo‘lbola usulda ishlovchi bu kon Kanadaning «Banro Corporation» kompaniyasiga qarashli.
Juda ko‘p yomg‘ir yog‘ishi oqibatida shaxta bosib qolgan: uchta quduqda oltin qidirayotgan konchilar uning ostida qolib ketgan.

«Mirror» nashri yozishicha, halok bo‘lganlarning jasadlarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabrida ham KDRning shimoli-sharqidagi oltin konida fojia yuz bergan: kamida 30 nafar konchini shaxta bosib qolgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oltin konida 50 nafar ishchi halok bo‘ldi