00:23 / 20.09.2020
2 433

Kanadada avtopilotda harakatlanayotgan Tesla politsiyadan qochishga urindi. Bu vaqtda haydovchi uxlayotgan bo‘lgan

Kanadada avtopilotda harakatlanayotgan Tesla politsiyadan qochishga urindi. Bu vaqtda haydovchi uxlayotgan bo‘lgan
Foto: Alberta RCMP Traffic Services
Kanadada Tesla Model S haydovchisi harakat vaqtida xavfli holatni yuzaga keltirishda ayblandi. 20 yoshli erkak rulda uxlab qolgan, mashinani esa avtopilot boshqargan. Bu haqda Alberta provinsiyasi politsiyasi xabar berdi. Ko‘ngilsiz hodisa iyul oyida sodir bo‘lganiga qaramay, bu haqda endigina ma’lum qilindi.

Yo‘l politsiyasi xodimi soatiga 140 kilometr tezlikda harakatlanayotgan avtomobilga e’tibor qaratgan. Politsiya mashinaga yetib olishga uringanida u tezlikni avtomatik ravishda soatiga 150 kilometrga oshirgan. Politsiyachining ta’kidlashicha, mashinaning ikkala old o‘rindig‘i ham ortga surilgan, uning ichida bo‘lgan odamlar uxlayotgandek ko‘ringan.

Haydovchi bir sutkaga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan. Tergovdan so‘ng unga dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan sudga chaqiruv qog‘ozi topshirilgan. Alberta politsiyasi boshlig‘i Geri Gremning so‘zlariga ko‘ra, avtopilot faqatgina qo‘shimcha xavfsizlik tizimi bo‘lib, haydovchi oldingidek mashina boshqaruvi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadada avtopilotda harakatlanayotgan Tesla politsiyadan qochishga urindi. Bu vaqtda haydovchi uxlayotgan bo‘lgan