
Foto: AGN «Moskva»
Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan ikkinchi vaksina tez orada ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin senatorlar oldidagi nutqida ma’lum qildi.
Putin nutqi davomida rossiyalik olimlar dunyoda birinchi bo‘lib “koronavirusdan himoyalay oluvchi” vaksinani yaratishganini eslatib o‘tgan. “Darvoqe, tez orada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkaziladi”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti.
Putinning ta’kidlashicha, oxirgi oylarda Rossiyada sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlari koronavirusga va mavsumiy shamollash kasalliklari ko‘payishiga qarshi kurashish uchun sezilarli oshgan.
Bir kun avval Rossiya prezidenti BMT xodimlariga Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi bilan bepul va ixtiyoriy ravishda emlanishni taklif qilgandi.
Putin Rossiyada ishlab chiqilgan birinchi vaksina “Sputnik V”ning ro‘yxatdan o‘tkazilishini 11 avgustda e’lon qilgandi.
Ikkinchi vaksina “EpiVakKorona” deb nomlanib, u Rospotrebnadzorning “Vektor” davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Vaksina hozirda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda va uni 15 oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar