2 658
Ukrainalik yigit sevgisini rad etgan qizning 11-qavatdagi uyiga gaz trubasiga tirmashib ko‘tarildi
Foto: «Korrespondent.net»
23 sentabr kuni Ukrainaning Dnepr shahrida yashovchi erkak ko‘p qavatli uyning 11-qavatiga gaz trubasi orqali chiqdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 29 yashar erkak uyning 16-qavatida yashaydigan qizning yoniga chiqishni istagan. Ammo qiz uni ko‘rishni istamagan va uy qo‘riqchisidan uni kiritmaslikni so‘ragan. Kirishga bo‘lgan urinishlari besamar ketgan erkak devor ustidan o‘tkazilgan gaz trubasiga tirmashib chiqishga qaror qilgan.
Foto: «Korrespondent.net»
Truba bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgan odamni ko‘rgan qo‘shnilar maxsus xizmatlarga xabar bergan. Politsiya xodimlari va qutqaruvchilar yetib kelgunicha erkak 11 qavatga ko‘tarilishga ulgurgan.
Foto: «Korrespondent.net»
Foto: «Korrespondent.net»
Keyin u mustaqil ravishda pastga tushgan. Fuqaroning kurtkasi 6 va 7-qavatlar orasida osilib qolganini aytmaganda, o‘zi sog‘ va jarohatlanmagan, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi