10:38 / 25.09.2020
5 887

Koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi samarali dori yaratildi

Koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi samarali dori yaratildi
Polshaning “Biomed Lublin” farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi samarali dori vositasini yaratganini ma’lum qildi.

“Preparat tarkibida koronavirusni zararsizlantira oladigan antitanachalar mavjud bo‘lib, ular “Covid-19”dan tuzalgan odamlarning plazmasi asosida yaratilgan”, deyiladi “Polskie Radio” xabarida.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda preparatning birinchi partiyasini to‘ldirish jarayoni tugallangan bo‘lib, endilikda u klinik sinovlardan o‘tishi kerak.

Oldinroq ushbu dorining samaradorligi Krakovdagi Malopolsk biotexnologiya markazidagi professor Kshishtof Pirs laboratoriyasida o‘rganilgan edi. Olingan dastlabki natijalarga preparat virusni «juda yuqori darajada» to‘xtatib turishini ko‘rsatgan. Uni yaratish ustida ishlar mart oyida boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda dunyoda “Covid-19”ga qarshi 200dan ortiq potensial vaksinalar ishlab chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi samarali dori yaratildi