22:10 / 28.09.2020
3 293

Ozarbayjon prezidenti qisman safarbarlik e’lon qildi

Ozarbayjon prezidenti qisman safarbarlik e’lon qildi
Foto: Reuters
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘ mojarosi keskinlashgani tufayli mamlakatda qisman safarbarlik boshlanganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza Sputnik Ozarbayjonga tayanib.

Nashr tayangan Aliyev farmoyishiga ko‘ra, Ozarbayjonni safarbar qilish va harbiy xizmatga chaqirish bo‘yicha davlat xizmati «tasdiqlangan rejaga muvofiq harbiy xizmatchilar chaqirilishini ta’minlashi» kerak. Farmoyish 28 sentabrdan kuchga kiradi.

27 sentabr kuni tongida Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy nizo qaytadan boshlandi. Har ikkala mamlakatda harbiy holat e’lon qilingan.

Harbiy holat tufayli Boku aeroporti 30 sentabrga qadar Boku-Naxchivan-Boku yo‘nalishi bo‘yicha «Ozarbayjon havo yo‘llari» (Azal)ning barcha reyslarini to‘xtatgan.

Bundan tashqari, Azal Boku—London—Boku 1 oktabr reysi, Boku—Berlin—Boku 2 oktabr reysi bekor qilingan. FlyDubai, «Aeroflot», «Belavia» 29 sentabrdan 4 oktabrgacha reyslarini bekor qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarbayjon prezidenti qisman safarbarlik e’lon qildi