
Foto: RIA Novosti
Rossiyaning Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot markazida havoda 86 ta xavfli ob’ektni, jumladan koronavirusni aniqlovchi asbob ishlab chiqildi.
Markaz xodimi Artem Tkachukning ta’kidlashicha, asbob havodagi bakteriyalar, toksinlar va viruslarni aniqlash imkonini beradi. “Bu asbob odam ishtirokisiz, uzukkun beto‘xtov ishlashi va havoda xavfli biologik agentlar paydo bo‘lishini baholashi mumkin”, deb ma’lum qilgan Tkachuk.
Uning ta’kidlashicha, havoda koronavirusni aniqlovchi ushbu asboblarni metro va aeroportlarda o‘rnatish mumkin.
Oktabrdan boshlab ushbu qurilmaning aeroportlar, metropoliten va ba’zi binolarda o‘rnatilishi boshlanadi. Ta’kidlanishicha, ushbu asbobga boshqa davlatlar ham qiziqish bildirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar