14:00 / 05.10.2020
2 195

Koronavirusga chalingan Tramp kasalxonani vaqtinchalik tark etib, omma oldiga chiqdi (video)

Koronavirusga chalingan Tramp kasalxonani vaqtinchalik tark etib, omma oldiga chiqdi (video)
Foto: AFP
Avvalroq COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan uchrashish uchun biroz vaqtga shifoxonani tark etdi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, «RBK» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Trampning korteji to‘planganlar yonidan o‘tgan, so‘ng kasalxonaga qaytgan. AQSH prezidenti avtomobildan tushmagan, faqat avtomobil oynasidan qarab to‘planganlarga qo‘l silkitgan. Tramp va unga mashinada hamrohlik qilayotganlar himoya niqobida bo‘lgan.

O‘z Twitter’ida Amerika yetakchisi o‘zi davolanayotgan Uolter Rid nomidagi milliy harbiy tibbiyot markazi (Merilend shtati, Betesda shahrida joylashgan) yaqinida to‘planganlarga minnatdorchilik izhor qilgan. Shuningdek, boshqa bir tvitida koronavirus haqida ko‘p narsalarni bilib olgani haqida ham yozgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalingan Trampga maslahat bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniyada 2 oktabr kuni koronavirusga topshirgan test javobi ijobiy chiqqan. Bundan avval Trampning maslahatchisi Houp Xiksda COVID-19 aniqlangan, shu sababli prezident oilasi bilan birgalikda Oq uyda izolyatsiya qilingandi. Trampning kasalligi tasdiqlangandan so‘ng u Uolter Rid nomidagi harbiy tibbiyot markaziga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga chalingan Tramp kasalxonani vaqtinchalik tark etib, omma oldiga chiqdi (video)