2 642
Tramp «Rossiya bilan aloqalari» bo‘yicha tergov hujjatlarini oshkor qilishga ruxsat berdi
AQSH prezidenti Donald Tramp uning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari hamda AQSHning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonning elektron pochtasi bilan bog‘liq mojaro bo‘yicha olib borilgan tergov hujjatlarini ochiqlashga ruxsat berdi. Bu haqda Trampning o‘zi tvitterda ma’lum qildi.
“Men AQSH tarixidagi eng yirik siyosiy jinoyat – Rossiya bilan bog‘liq tovlamachilikka tegishli barcha hujjatlarni ochiqlashga ruxsat berdim”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.
Bir kun avval AQSH milliy razvedkasi rahbari Jon Retkliff 2016 yilgi prezident saylovlarida qatnashgan Xillari Klintonning o‘z elektron pochtasi atrofidagi mojarodan e’tiborni chalg‘itish uchun Trampni go‘yoki Rossiya bilan til biriktirganlikda ayblashga urinishlariga taalluqli hujjatlarni oshkor qildi.
2016 yilgi saylovlarda Tramp g‘alaba qozongandan keyin demokratlar va Xillari Klinton Trampni Rossiya bilan aloqalarda, Moskvani esa saylovlarga aralashishda ayblashgan.
2019 yil aprelida AQSH adliya vazirligi maxsus prokuror Robert Myullerning Trampning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari bo‘yicha 2 yil davomida olib borgan tergovi natijalari bo‘yicha hisobotini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Myuller tergov davomida Rossiya 2016 yilgi saylovlarga aralashgani, biroq Tramp shtabining bunga aloqasi yo‘qligini o‘rnatgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi