16:39 / 10.10.2020
2 406

Xitoydagi videostudiyaga lama ishga yollandi. Uning vazifasi — xodimlar kayfiyatini ko‘tarish (video)

Xitoydagi videostudiyaga lama ishga yollandi. Uning vazifasi — xodimlar kayfiyatini ko‘tarish (video)
Foto: Esquire
Xitoyning Usi shahrida joylashgan videostudiyada ikki yoshli Bayvan laqabli lama (alpaka) ishga yollandi. Bu haqda Esquire xabar berdi.

E’tibor va ovqatlanishni yaxshi ko‘radigan mazkur hayvonning vazifasi yegulik qidirib ofisni kezish va ovqatlanish hisoblanadi. Ruptly TV boshqaruvchisi Gao Tong Bayvanning ishchilar kayfiyatini ko‘tarishi, stressdan xalos etishi, ba’zida quloqsizligiga qaramay hamma uni yaxshi ko‘rishini ta’kidlagan.

Lama ofisni aylanib, xodimlar bilan o‘ynashga kayfiyati bo‘lmaganda kampus kezishni va o‘t ustida o‘ynashni afzal biladi, deyiladi xabarda.

Videostudiya xodimlari xursandchiliklari bilan bo‘lishish va boshqalarni ham kayfiyatini ko‘tarish maqsadida Tik Tok’ning analogi Douyin’ga Bayvanning videolarini joylab boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydagi videostudiyaga lama ishga yollandi. Uning vazifasi — xodimlar kayfiyatini ko‘tarish (video)