Foto: AFP
O‘tgan oyda Forbes amerikalik milliarderlar orasida saylovoldi so‘rovi o‘tkazdi. Unda turli siyosiy qanotlarga mansub 42 nafar milliarder ishtirok etdi.
So‘rov yakunlari xulosasiga ko‘ra, AQSHdagi eng badavlat kishilarning aksariyati respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. Ammo shunga qaramasdan, bo‘lajak prezident saylovida ularning ko‘pchiligi demokratlar partiyasi nomzodi Jo Baydenga ovoz berishlari mumkin.
Gellap instituti yaqinda o‘tkazgan so‘rov amerikaliklarning 28 foizi o‘zlarini respublikachi, 27 foizi esa demokrat deb hisoblashini ko‘rsatdi. AQSHning yana 42 foiz aholisi mustaqil saylovchilar deb ataladi.
Forbes so‘rovida qatnashgan milliarderlarning esa 43 foizi o‘zlarini respublikachilar, 24 foizi esa demokratlarga mansub deb hisoblaydi. Yana 33 foiz milliarder esa partiyasiz ekanligini aytgan.
So‘rovda qatnashgan amerikalik milliarderlarning qariyb yarmi (48 foiz) Jo Baydenga, 40 foizi amaldagi prezident Donald Trampga ovoz berishini ma’lum qilgan.
Qayd etish joiz, AQSH aholisining katta qismi ham Jo Baydenga ovoz berishni mo‘ljallamoqda. RealClearPolitics saylovoldi so‘rovlari agregatorining ma’lumot berishicha, uni amerikaliklarning 51 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Saylovchilarning 42 foizi Donald Tramp uchun ovoz berishga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi