08:43 / 01.11.2020
615

Koronavirus og‘izda ham yashaydi — Shimoliy Karolina universiteti

Koronavirus og‘izda ham yashaydi — Shimoliy Karolina universiteti
Foto: AGN «Moskva»
Og‘iz — koronavirus infeksiyasi tarqaluvchi asosiy manbalardan biri. Bu haqda Shimoliy Karolina universiteti olimlari ogohlantirishmoqda.

«medRxiv» tibbiyot portali yozishicha, insonni kasallantirish uchun koronavirusga kerakli retseptorlar (ACE2) og‘iz bo‘shlig‘ida, so‘lak bezlari, bodomsimon bezlar va tilda joylashgan. Bundan tashqari, olimlar koronavirus oqibatida vafot etgan 26 kishining 16 nafari so‘lak bezlarida SARS-CoV-2 ni topishgan.

10 mingdan ortiq bemorlarni o‘rgangan mutaxassislar 45 foiz holatda og‘iz bo‘shlig‘ida koronavirus izlarini aniqlashdi. Bemorlarning aksariyatida og‘iz qurishi, og‘iz shilliq qavatida toshmalar paydo bo‘lishi, ta’m bilishning yo‘qolishi qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)