19:03 / 06.11.2020
2 339

Narishkin: Rossiya razvedkasi COVID-19 tabiiy ravishda kelib chiqqani haqidagi versiyaga qo‘shiladi

Narishkin: Rossiya razvedkasi COVID-19 tabiiy ravishda kelib chiqqani haqidagi versiyaga qo‘shiladi
Foto: RIA Novosti
Rossiya razvedkasi koronavirus tabiiy ravishda kelib chiqqan deb hisoblaydi, bu versiyaga qarshi dalillar yo‘q. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin «RIA Novosti»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Bu (koronavirus) inson qo‘li va idrokining mahsuli ekanligi to‘g‘risida asosli va ishonchli ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun biz bu tabiiy ravishda kelib chiqqan virus ekanligi haqidagi versiyaga moyilmiz», - dedi Narishkin.

COVID-19 sun’iy tarzda yaratilgani haqidagi versiya 2020 yil qish va bahor oylarida tarqaldi. Xususan, uni AQSH prezidenti Donald Tramp qo‘llab-quvvatladi. May oyida u koronavirus Uhan virusologiya institutida ishlab chiqilganligi to‘g‘risida dalillar borligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, AQSH Milliy razvedkasi COVID-19 laboratoriyada yaratilmagan yoki genetik jihatdan o‘zgartirilmagan, degan xulosaga keldi.

O‘z navbatida, AQSH Davlat departamenti Rossiyani koronavirus haqida yolg‘on xabarlar tarqatish kampaniyasida aybladi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga bog‘liq bo‘lgan feysbuk, tvitter va instagramdagi akkauntlarda COVID-19 AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan iqtisodiy urush uchun yaratilgan biologik qurol ekanligi to‘g‘risida noto‘g‘ri axborotlar tarqatildi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova bu ayblovlarni «qasddan tashlash» deb atadi.

Avvalroq, Janubiy Koreya COVID-19 va mavsumiy grippni aniqlaydigan yagona testni tasdiqlagani ma’lum bo‘lgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Narishkin: Rossiya razvedkasi COVID-19 tabiiy ravishda kelib chiqqani haqidagi versiyaga qo‘shiladi