Federal komissiya AQSH prezidenti saylovida soxtalashtirishlar aniqlanmaganligini bildirdi

1 daqiqa o'qish1.6K
Federal komissiya AQSH prezidenti saylovida soxtalashtirishlar aniqlanmaganligini bildirdi
Foto: Reuters
Saylovlar bo‘yicha AQSH Federal komissiyasiga mamlakatda o‘tkazilgan prezident saylovidagi ovoz berish jarayonlarida soxtalashtirishlarga yo‘l qo‘yilgani to‘g‘risida hech qanday dalil kelib tushmadi. Bu haqda komissiya a’zosi Ellen Uayntraub ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov tashkil etilishi bo‘yicha juda kam shikoyat kelib tushgan.
"Saylovlarda soxtalashtirishlar bo‘lgani to‘g‘risida hech qanday isbot yo‘q. Kelib tushgan shikoyatlarga soxtalashtirishlar bo‘yicha dalillar ilova qilinmagan", - dedi Uayntraub.

Prezident Donald Tramp saylovda soxtalashtirishlar bo‘lganini ta’kidlab kelmoqda. Jumladan, Tramp Pensilvaniya shtatida ovoz berish natijalari noqonuniy ravishda o‘zgartirilgan deb hisoblamoqda.

Shuningdek, uning qayd etishicha, kuzatuvchilarning qator shtatlarda saylov uchastkalariga qo‘yilmaganligi sababli Trampning ovoz olish borasidagi yetakchiligi yo‘qqa chiqqan.

3 noyabr kuni AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda amaldagi prezident respublikachi Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden o‘zaro raqobat olib bordi. Saylovda Bayden g‘alaba qozonishi tobora haqiqatga yaqin bo‘lib bormoqda, chunki u yaxshigina ustunlikka ega.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?