18:48 / 11.11.2020
2 300

Neft narxi keskin ko‘tarildi

Neft narxi keskin ko‘tarildi
Foto: TASS
Brent navli neftning bir barreli narxi sentabrdan beri birinchi marta 45 dollardan yuqori bo‘ldi.

Neft bozoridagi ijobiy o‘sishga koronavirusga qarshi vaksina sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani to‘g‘risidagi xabar sabab bo‘ldi. Avvalroq Pfizer va BioNTech kompaniyalari ishlab chiqqan vaksinaning samaradorligi 90 foizni tashkil etgani xabar qilingandi.

Ommaviy vaksinatsiya rivojlangan davlatlardagi cheklov choralarini bekor qilish imkonini beradi. Bu esa neftga bo‘lgan talab oshishiga olib keladi.

Qayd etish joiz, aynan vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng texnologiya kompaniyalarining aksiyalari narxlari tushib ketgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Neft narxi keskin ko‘tarildi