Ashxobodda Olabay iti yodgorligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu yodgorlikni o‘rnatish tashabbusi muallifi – prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ham ishtirok etdi.
Oltin haykal balandligi 6 metr. U 9 metr balandlikdagi poydevorga o‘rnatilgan. Bu haqda «Turkmaniston Bugun» agentligi xabar berdi.
Poydevorga monitor qadalgan bo‘lib, 10 noyabrdagi ochilish marosimida monitorlar orqali shu zotli itlar ishtirokidagi videoroliklar namoyish etilgan.
Gurbanguli Berdimuhamedov «bu ajoyib hayvonlarning mislsiz jasorati va insonga naqadar g‘amxo‘rligiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish» joizligini aytib, millatning tarixiy taqdirida olabaylar tutgan rolni va ularning xalq hayotida egallagan o‘rnini e’tirof etgan.
Turkmaniston ilgaridan oltin yodgorliklari bilan tanilgan. Ular respublikaning birinchi prezidenti Saparmurod Niyozov davrida o‘rnatila boshlangan. 2017 yilda Niyozovning oltin yodgorliklaridan biri demontaj qilingan. 2015 yilda Ashxabodda amaldagi prezident Berdimuhamedovga atab yodgorlik o‘rnatilgandi.
Ikki yil oldin Gurbanguli Berdimuhamedovga oltin shtanga sovg‘a qilishgan, u mamlakat Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi paytida hukumat a’zolariga o‘zining shtanga ko‘tarish mahoratini namoyish etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi