Ashxobodda Olabay iti yodgorligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu yodgorlikni o‘rnatish tashabbusi muallifi – prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ham ishtirok etdi.
Oltin haykal balandligi 6 metr. U 9 metr balandlikdagi poydevorga o‘rnatilgan. Bu haqda «Turkmaniston Bugun» agentligi xabar berdi.
Poydevorga monitor qadalgan bo‘lib, 10 noyabrdagi ochilish marosimida monitorlar orqali shu zotli itlar ishtirokidagi videoroliklar namoyish etilgan.
Gurbanguli Berdimuhamedov «bu ajoyib hayvonlarning mislsiz jasorati va insonga naqadar g‘amxo‘rligiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish» joizligini aytib, millatning tarixiy taqdirida olabaylar tutgan rolni va ularning xalq hayotida egallagan o‘rnini e’tirof etgan.
Turkmaniston ilgaridan oltin yodgorliklari bilan tanilgan. Ular respublikaning birinchi prezidenti Saparmurod Niyozov davrida o‘rnatila boshlangan. 2017 yilda Niyozovning oltin yodgorliklaridan biri demontaj qilingan. 2015 yilda Ashxabodda amaldagi prezident Berdimuhamedovga atab yodgorlik o‘rnatilgandi.
Ikki yil oldin Gurbanguli Berdimuhamedovga oltin shtanga sovg‘a qilishgan, u mamlakat Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi paytida hukumat a’zolariga o‘zining shtanga ko‘tarish mahoratini namoyish etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi