
Foto: «Subscribe.ru»
COVID-19ga tabiiy immunitetga erishish ilm-fan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Jamoaviy immunitet uchun ommaviy vaksinatsiya zarur, deb hisoblaydi Xitoy muhandislik fanlari akademiyasi akademigi, nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha yetakchi mutaxassis Chjun Nanshan.
«Tabiiy immunitet haqiqatga ham, ilm-fanga ham, insoniylikka ham to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois jamoaviy immunitet hosil qilish uchun ommaviy vaksinatsiya zarur», — dedi Chjun Nanshan onlayn tartibda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Xitoy simpoziumida.
Xitoylik ekspertning fikricha, jamoaviy immunitetga erishish uchun bir-ikki yil vaqt va xalqaro hamkorlik talab etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar