2 102
Qozog‘istonda Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishlab chiqariladigan zavod quriladi
Vladimir Putin vaQosim-Jo‘mart To‘qayev / Foto: RIA Novosti
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishlab chiqariladigan zavod qurilishi to‘g‘risida kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
"Rossiya prezidenti bilan Rossiya vaksinasini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi to‘g‘risida kelishuvga erishdim. Hukumat bu zarur loyihaga investitsiya jalb etish bo‘yicha muzokaralarga kirishdi", - dedi To‘qayev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
To‘qayev shuningdek, Qozog‘istonning ikkita vaksinasi salohiyatli preparatlar ro‘yxatiga kiritilgani va klinik sinovlardan o‘tkazilayotganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, biologik xavfsizlikni ta’minlashning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhim hisoblanadi.
Ma’lumot berilishicha, o‘tgan haftada Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqotida Qozog‘iston hududida birgalikda vaksina ishlab chiqarish mavzusini muhokama qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin