Foto: «Moskva» AA
«Rospotrebnadzor» markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinik va tahliliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Pshenichnaya nafas qisishini koronavirusning eng vahimali alomati deb aytdi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «RBK» xabar berdi.
«Eng vahimali alomat — bu respirator simptomlar fonida nafas qisilishi paydo bo‘lishi», — degan Pshenichnaya. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar nafas olish qiyinlashsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Shifokorning ta’kidlashicha, respirator simptomlar va hid bilishning yo‘qolishi ko‘p hollarda koronavirusga chalinish alomati bo‘lishi mumkin, lekin boshqa kasalliklarda ham kuzatilishi mumkin.
Noyabr oyi boshida virusolog Anatoliy Alshteyn koronavirusning 5 ta asosiy simptomlarini ma’lum qilgandi, bular isitma, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, hid va ta’m bilishni yo‘qotishdir. Agar ushbu belgilar kuzatilmasa, «oyoq barmoqlari rangining o‘zgarishiga e’tibor bermasa ham bo‘ladi», deb aytgandi.
Keyinchalik «Rospotrebnadzor» Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya institutida quloq bitishi COVID-19 belgilaridan biri bo‘lishi mumkinligi bildirilgan. Biroq bunday alomat O‘RVIda ham uchrashi ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi