10:02 / 25.11.2020
3 262

Ukrainalik shifokor COVID-19’dan himoyalanishning yagona yo‘lini aytdi

Ukrainalik shifokor COVID-19’dan himoyalanishning yagona yo‘lini aytdi
Foto: Global Look Press
Faqat vaksina koronavirusga chalinishning oldini olish mumkin. «RBK»ning yozishicha, bu haqda ukrainalik shifokor Yevgeniy Komarovskiy o‘zining Youtube’dagi kanalida ma’lum qildi.

«Afsuski, kasallanmaslikning yagona yo‘li bu - emlash. Nima uchun afsuski? Chunki ishonchli, xavfsiz va hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan vaksina hozircha yo‘q», — degan Komarovskiy.

Shifokorning aytishicha, u COVID-19 bilan kasallanmaslik imkonini beruvchi «sehrli dori» nomini aytishini hamma chin dildan xohlaydi. Ammo hozircha bunday vositalar yo‘q. Uning ta’kidlashicha rux, D va C vitaminlarining bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Vitaminlar kasallik og‘ir shaklga o‘tmasligi uchun tavsiya qilinishi mumkin.

«Kasallanish-kasallanmasligingizni o‘zi ikki omilga bog‘liq», — deydi shifokor. Uning aytishicha, birinchisi odam qancha miqdordagi virusga duch kelishi, ikkinchisi — bu vaqtda organizm qanday holatda ekanligi.

Shifokor «normal namlik»dagi (40-60 foiz) toza havodan nafas olishni, nafas yo‘llarini tuzli eritmalar bilan namlashni va ko‘p miqdorda suyuqlik ichishni maslahat berdi. Shu bilan birga, Komarovskiy odam havo almashtirilmaydigan yopiq xonada 15 daqiqa o‘tirsa, kasallikdan saqlanish uchun hech narsa yordam bermasligidan ogohlantirdi.

Avgust oyida Rossiyada koronavirusga qarshi dastlabki vaksina — «Sputnik V» ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. Oktabr oyida mamlakatda ikkinchi vaksina — «Vektor» yaratildi. Noyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin vaqtda COVID-19’ga qarshi uchinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainalik shifokor COVID-19’dan himoyalanishning yagona yo‘lini aytdi