12:00 / 30.11.2020
3 260

AQSHdagi cho‘ldan topilgan 3 metrli sirli tarixiy monolit yo‘qolib qoldi

AQSHdagi cho‘ldan topilgan 3 metrli sirli tarixiy monolit yo‘qolib qoldi
Foto: Utah Department of Public Safety
Bir hafta avval AQSHning Yuta shtatida taxminan 3 metr balandlikdagi metall monolit topilgan edi. Shtat jamoat xavfsizligi departamenti xodimlari vertolyotda atrofni ko‘zdan kechirayotgan vaqtida qizil qoyadagi katta silliq monolitni ko‘rib qolgan. Ular monolitni rassomlarning art-loyihasi yoki Stenli Kubrik rejissyorligidagi «Fazoviy sayohatnoma» filmining muxlislari yasagan buyum deb o‘ylagan. Bu haqda Meduza xabar bergan.

«Kimdir bo‘sh vaqtini sarflab beton kesadigan uskuna bilan monolitni kavlab olgan», — degan The New York Times nashriga bergan intervyusida departament matbuot kotibi Nik Strit.

Sirli ob’ektning qayerda ekani departament vakillari tomonidan oshkor qilinmagan, biroq qiziquvchan sarguzasht izlovchilar sun’iy yo‘ldosh orqali daradagi relefni ko‘zdan kechirib, anomal soyani topishga muvaffaq bo‘lgan. So‘ngra monolitni izlab topishgan.

Endi uch o‘lchamli metall ustun noma’lum shaxslar tomonidan kavlab olinib, sirli ravishda g‘oyib bo‘ldi, deya e’lon qilgan Yuta shtati yer resurslarini boshqarish byurosi. Byuro axborotida qayd etilishicha, xodimlar monolit joylashgan yer xususiy mulk ob’ekti bo‘lgani uchun monument joylashgan nuqtaga borishmagan. Jismning yo‘qolishi yuzasidan mahalliy sherif boshqarmasi surishtiruv ishlarini olib borishi taxmin qilinmoqda.
[media=https://www.instagram.com/p/CIJ_M0AHfDL/?utm_source=ig_embed]
Solt Leyk Sitida yashovchi Spenser Ouen monolitni ko‘rish uchun kelganida buyumning izsiz yo‘qolmaganini aniqlagan va monolitning uchburchak shaklidagi bir qismi qolib ketganining guvohi bo‘lgan.

Foto: Facebook
Yuta Jamoat xavfsizligi departamenti ustun barcha taxmin qilayotgan shaklda yo‘qolgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmagan.

«Faqat taxmin qilishimiz mumkin, hodisaga o‘zga sayyoraliklarning aloqasi bor yoki yo‘qligi borasida aniq bir nima deya olmaymiz», — deya hodisaga izoh bergan departament vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHdagi cho‘ldan topilgan 3 metrli sirli tarixiy monolit yo‘qolib qoldi