00:30 / 20.12.2020
1 974

2025 yilga qadar 85 million odam ishsiz qolishi mumkin

2025 yilga qadar 85 million odam ishsiz qolishi mumkin
Koronavirus pandemiyasi tufayli 100ga yaqin mamlakat ishsizlikka duch keldi. Mavjud vaziyatga moslashish maqsadida kompaniyalar o‘zlari uchun turli xil choralarni tanlab olishdi: ulardan biri avtomatlashtirish jarayonlarini tezlashtirish, ikkinchisi esa turli jarayonlarni raqamlashtirish bo‘ldi. Bu haqda Jahon iqtisodiy forumining «Ish o‘rinlari kelajagi to‘g‘risida»gi hisobotida ma’lum qilindi.

Shuningdek, hisobotda butun dunyodagi kompaniyalarning endilikda nima qilishni rejalashtirayotganligi haqida ham so‘z borgan. Unga ko‘ra, kompaniyalarning atigi 1 foizi ishchilar sonini ko‘paytirishni, 14 foizi ishchilar sonini doimiy ravishda qisqartirib borishni, 28 foizi ularni vaqtincha ishdan bo‘shatishni, 30 foizi xodimlarni vaqtincha boshqa lavozimlarga o‘tkazishni, 83 foizi esa vazifalar jarayonini avtomatlashtirishni tezlashtirishni rejalashtirgani ayon bo‘lgan.

So‘rovda qatnashgan biznes-rahbarlarning 80% dan ortig‘i ish jarayonlarini avtomatlashtirishni tezlashtirayotganliklarini aytishgan. 50% biznes-rahbarlar esa o‘z kompaniyalaridagi ish joylarini avtomatlashtirishni tezlashtirish niyatida ekanliklarini qayd etishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilga kelib odamlar, mashinalar va algoritmlar o‘rtasidagi mehnat taqsimotining o‘zgarishi dunyo bo‘ylab 15 foiz ishchi kuchi - 85 million xodimning ish jarayonini buzadi.

Ta’kidlanishicha, bu 97 million xodim uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Zero, avtomatlashtirish jarayonida bir ish o‘rnini yo‘q qilib, boshqalarini yaratish tendensiyasi mavjud. Biroq buning uchun o‘n millionlab odamlar yangi kasblar uchun qayta o‘qishi kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2025 yilga qadar 85 million odam ishsiz qolishi mumkin