11:42 / 20.12.2020
1 983

Yangi rekord: fransiyalik erkak muz ichida 2,5 soatdan ortiq turishga muvaffaq bo‘ldi

Yangi rekord: fransiyalik erkak muz ichida 2,5 soatdan ortiq turishga muvaffaq bo‘ldi
Fransiyada yashovchi Romen Vandendorp muz idishda 2,5 soatdan ko‘proq turdi va jahon rekordini yangiladi. Bu haqda «La Voix du Nord» gazetasi yozmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yashar sog‘liqni saqlash xodimi ikki yil davomida «o‘z fiziologiyasi imkoniyatlarini ko‘tarish»ni mashq qilgan - qishda issiq vannalardan to Alp tog‘laridagi sportgacha. Erkak muzli maxsus shaffof idishga tushgan, uning ichidagi harorat minus 18 darajaga etgan. Eksperimentni Ginnesning rekordlar kitobi vakillari va ikkita mustaqil kuzatuvchi kuzatdi.

Romen muzli idishda 2 soatu 35 daqiqa 33 soniya turgan.

U rekorddan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashar ekan, o‘zida ko‘p o‘zgarishlar bo‘lganini tan oldi. Unga ko‘ra, eksperimentning birinchi soatida u «nazoratni qo‘lida ushlab turdi». «Men juda xursandman. Bu aqlga sig‘mas ishni amalga oshirishda supermen bo‘lish shartmasligi isbotlandi», - deya qo‘shimcha qildi Romen.

Rekordsmen o‘z yutug‘ini rak kasalligiga chalinlarga bag‘ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi rekord: fransiyalik erkak muz ichida 2,5 soatdan ortiq turishga muvaffaq bo‘ldi