Olimlar hayratda: Antarktida muzlari ostida ulkan sirli tuzilma topildi

Dunyo1 daqiqa o'qish37.3K
Olimlar hayratda: Antarktida muzlari ostida ulkan sirli tuzilma topildi

Xalqaro olimlar jamoasi Sharqiy Antarktida muz qatlami ostida avval ma’lum bo‘lmagan, qit’a ko‘lamiga teng geologik tuzilmani aniqladi. U qalinligi taxminan uch kilometrgacha yetadigan muz qoplamasi ostida yashiringan ulkan havzalar tizimidan iborat bo‘lib, unga “Sharqiy Antarktida yelpiqsimon havzalar provinsiyasi” nomi berildi. Bu haqda Durham universiteti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu geologik tuzilma tarkibiga avval alohida o‘rganilgan bir qator obyektlar — Uilks va Avrora havzalari, shuningdek, Yer yuzidagi eng yirik muz osti ko‘li sanalgan Vostok ko‘li joylashgan havza ham kiradi. Garchi ular ilgari alohida tadqiq etilgan bo‘lsa-da, endilikda ular yagona va o‘zaro bog‘langan tizim ekanligi ilk bor tasdiqlandi.

Olimlar fikriga ko‘ra, mazkur tuzilma Yer qobig‘ining tarqoq rotatsion cho‘zilishi jarayoni natijasida shakllangan bo‘lib, bu jarayon markaziy nuqtadan asta-sekin kengayib, uchburchak shaklidagi havzalarni hosil qilgan. Tadqiqotchilar bu tizimni ochilgan kaftga o‘xshatishmoqda: bunda bosh barmoq asos qismida harakatsiz qoladi, qolgan barmoqlar esa yon tomonlarga yoyiladi. Mazkur provinsiya Gondvana superqit’asining evolyutsiyasi hamda keyinchalik Antarktida va Avstraliyaning ajralib ketishi bilan bog‘liq bir necha tektonik bosqichlar davomida shakllangan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Bu kashfiyot nafaqat qit’aning geologik o‘tmishini qayta tiklashda, balki hozirgi kunda muz osti poydevor relyefining muzlar harakatiga ta’sirini o‘rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, u iqlim o‘zgarishiga eng sezgir bo‘lgan muz qatlamlari hududlarining barqarorligini baholashga ham xizmat qilishi mumkin.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?