Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus sababli Buyuk Britaniya poytaxtida maksimal cheklovlar qo‘yilishini e’lon qilganidan keyin ko‘plab inglizlar Londonni ommaviy ravishda tark etishga shoshildilar. Bu haqda «Daily Mail» xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, Jonsonning qat’iy cheklovlar boshlashini e’lon qilganidan bir necha daqiqa o‘tgach, oilalar 20 dekabr yarim tungacha London va uning atrofidagi tumanlarni tark etishni boshladilar. Minglab odamlar temir yo‘l stansiyalari va aeroportlarni to‘ldirdi va mashinalar ko‘chalarda tirbandliklar yuzaga keldi.
Nashrning yozishicha, bu holatda ijtimoiy masofa haqida gap bo‘lishi ham mumkin emasdi. Londonda ko‘p transport yo‘nalishlari bekor qilingan.
Avvalroq Boris Jonson cheklovlar kuchayishi haqida xabar bergandi, unga ko‘ra, nooziq ovqat do‘konlari yopiladi, odamlarning zaruratsiz ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi. Shuningdek, Rojdestvo bayramida yaqinlar biln ko‘rishish ham mumkin emas.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?