09:00 / 22.12.2020
1 820

Xitoy koronavirusning xavfini kamaytirib ko‘rsatish uchun 100 minglab internet-trollardan foydalangan

Xitoy koronavirusning xavfini kamaytirib ko‘rsatish uchun 100 minglab internet-trollardan foydalangan
Foto: Getty Images
Xitoy hukumati 2020 yilning boshida koronavirusning xavfini kamaytirib ko‘rsatish va nazorat ularning qo‘l ostida ekanligi haqida taassurot uyg‘otish uchun internet-trollardan foydalangan. Bu haqda The New York Times va ProPublica tomonidan olib borilgan surishtiruvda gap boradi, deb yozmoqda Meduza.

Qayd etilishicha, The New York Times va ProPublica xakerlardan 3200 dan ortiq hukumat ko‘rsatmalari va 1800 dan ortiq xizmat qaydlarini olgan.

Hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Xitoyning Kiberhudud ma’muriyati — mamlakat Kommunistik partiyasining markaziy qo‘mitasiga bo‘ysunadigan agentlik bunday ko‘rsatmalarni yanvar oyining boshidan chiqarishni boshlagan. O‘sha vaqtda rasmiy ma’lumotlar bo‘yicha kuniga bir necha kishida kasallik aniqlangan. dastlab hujjatlar yangiliklar saytlariga faqat hukumat tomonidan tasdiqlangan va e’lon qilingan materiallardan foydalanish, shuningdek, kasallikni 2002 yilda tarqalgan atipik pnevmoniya bilan taqqoslashdan tiyilish haqida ko‘rsatma bergan, biroq o‘sha vaqtda JSST mazkur ikki kasallikning o‘xshashligi haqida gapira boshlagandi.

Fevral oyining boshida Xitoy raisi Si Szinpin ishtirokida o‘tgan mamlakatning oliy rahbariyati yig‘ilishida Kiberhudud ma’muriyati jahon ommasi fikriga ta’sir qilish haqida vazifa olgan. Ko‘rsatmalar aniqroq bo‘lgan: ularning ko‘pchiligida «jamiyatda vahimani yuzaga keltirmaslik uchun» virus haqidagi har qanday salbiy xabarni ilgari surish mumkin emasligi qayd etilgan. Xususan, yangiliklarning sarlavhalarida va izohlarda virusga nisbatan «davolab bo‘lmaydigan» yoki «o‘limga olib keluvchi» so‘zlaridan, shuningdek, karantin choralari haqida gapirilganda «izolyatsiya» so‘zidan foydalanmaslik talab qilingan.

Yangilik saytlariga va sharhlovchilarga shifokorlarning qahramonona harakatlariga urg‘u berish, shuningdek, virusga qarshi kurashda kommunistik partiyaning rolini alohida ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

The New York Times’ning qayd etishicha, 6 fevralda shifokor Li Venlyanning vafot etishi ortidan xitoylik senzurachilar katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bu shifokor 2019 yilning dekabr oyida yangi kasallikning xavfi haqida ommaviy ravishda ogohlantirgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi noroziliklarni yangilik saytlariga shifokorning o‘limi haqida push-xabar jo‘natishni taqiqlash yordamida, shuningdek, shifokorning ismi bilan qoldirilgan heshteglarni ijtimoiy tarmoqlardan bosqichma-bosqich o‘chirish yo‘li bilan so‘ndirishga erishildi. Shu bilan bir vaqtda minglab trollar eng muhokamalar qatoriga boshqa mavzularni chiqardi, ijtimoiy tarmoqlar moderatorlari esa WeChat dasturidagi yopiq guruhlar ustidan nazoratni kuchaytirgan.

Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoyda yuz minglab odamlar internet-troll sifatida ishlaydi, ularning ko‘pchiligi davlat xizmatchilari va quyi darajadagi partiya xodimlari, shuningdek, universitet talabalari va o‘qituvchilari hisoblanadi. Ularning ishini qulaylashtirish uchun rasmiylar yirik dasturiy ta’minotchilar bilan davlat xaridlari doirasida shartnoma imzolaydi — dasturchilar trollarga tezlik bilan kerakli postlarga layk va izohlar qo‘shishga imkon beruvchi qulay interfeysga ega dastur yaratadi, menejerlar esa trollarga vazifa beradi, ularning bajarilishini va to‘lovni nazorat qiladi.

Guanchjou shahridagi trollar uchun chiqarilgan ko‘rsatmalardan biriga ko‘ra, 400 ta belgidan ortiq original post uchun trollar 25 dollargacha olishi mumkin, salbiy izohni belgilaganlik uchun 40 sent to‘lanadi. Kerakli postni bo‘lishish 1 sentga baholanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy koronavirusning xavfini kamaytirib ko‘rsatish uchun 100 minglab internet-trollardan foydalangan